So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda yirik gaz va neft konlarini topish qiyinlashmoqda

O‘zbekistonda yirik gaz va neft konlarini topish qiyinlashmoqda

O‘zbekistonda yirik neft va gaz konlarini aniqlash kamayib bormoqda. “O‘zbekneftgaz” mutaxassisi sohadagi texnologik qiyinchiliklar va o‘sib borayotgan energiya ehtiyojlari haqida ma’lumot berdi.

Bu haqda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining qatlamlarni modellashtirish guruhi rahbari Temurbek Nurmuhammedov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik gaz va neft konlari avvalgi o‘n yilliklarga qaraganda ancha kam topilmoqda.

Soha mutaxassisining ta’kidlashicha, yangi konni ochish va uning sanoat miqyosida ekspluatatsiya qilinishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i ham uzayib bormoqda. Bu holat energetika tarmog‘ida tizimli o‘zgarishlar yuz berayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, mamlakatda aholi sonining barqaror o‘sib borishi energotizimga qo‘shimcha bosim yuklamoqda. Iste’mol talabining ortishi qidiruv va qazib olish sohasidan yanada tezkor choralar ko‘rishni talab qiladi.

Mavjud vaziyatda qazib olish tarmog‘i murakkab texnologik loyihalarni amalga oshirishga o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Endilikda mutaxassislar muhandislik yechimlarini joriy etishda maksimal darajada aniqlik va innovatsion yondashuvlardan foydalanishlari lozim. Uglevodorod xomashyosini topish qiyinlashgani sababli, geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish soha oldidagi asosiy vazifaga aylandi.