So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi institut YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona 163,2 ming so‘mlik oylik soliq stavkasini taklif qildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soyaviy iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq hamda bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va fiskal tahlil instituti yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ijtimoiy soliqni unifikatsiya qilish bo‘yicha tahliliy taklifni taqdim etdi.

Hozirda har ikkala toifa uchun ham soliq bazasi 1 BHM (412 ming so‘m, 1-sentabrdan 440 ming so‘m) qilib belgilangan bo‘lsa-da, to‘lov muddatlarida keskin tafovut mavjud. YATTlar oyiga kamida 1 BHM (yiliga 5,28 mln so‘m) to‘lashga majbur, o‘zi band qilganlar esa ish stajiga ega bo‘lish uchun yiliga bir marotaba 1 BHM to‘lash imkoniyatiga ega. Natijada YATTlar yillik soliq yuklamasi bo‘yicha o‘zi band qilganlarga qaraganda 12 baravar ko‘p to‘lov qilmoqda.

Institut ikki xil rejimdan voz kechib, yagona o‘zi band qilganlar toifasiga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Soliq miqdorini BHMdan emas, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (MHTEKM) kelib chiqqan holda 12 foiz stavkada belgilash taklif etilmoqda. Amaldagi 1,36 mln so‘mlik MHTEKM ko‘rsatkichida oylik to‘lov 163,2 ming so‘mni (yiliga qariyb 1,96 mln so‘m) tashkil etadi.

Ushbu tartib joriy etilsa, o‘zi band bo‘lganlar uchun oylik to‘lov 4,45 barobarga oshadi, YATTlar uchun esa soliq yuklamasi 2,7 barobarga kamayadi. Moliyaviy bosimni kamaytirish maqsadida to‘lovni dastlab 50 ming so‘mdan boshlab, bosqichma-bosqich 163,2 ming so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra mamlakatda 375,1 ming YATT va 2,8 milliondan 5,5 milliongacha o‘zi band bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning atigi 30 foizi ijtimoiy soliq to‘lab kelmoqda. Iqtisodchi Otabek Bakirov soliqdagi tenglik tamoyili faqat kichik biznesga emas, balki 1 foizlik imtiyozli stavkalardan foydalanayotgan yirik korxonalarga nisbatan ham qo‘llanishi lozimligini ta’kidladi. Mazkur taklif hozircha tahliliy xarakterga ega bo‘lib, rasmiy qonun loyihasi shakliga keltirilmagan.