O‘zbekistonga 30 darajagacha issiq havo qaytadi

O‘zbekistonda ob-havo 16–23-oktabr kunlari 30 darajagacha isiydi

16–23-oktabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo asosan quruq va iliq bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, ayrim hududlarda havo harorati +30 darajagacha ko‘tariladi. Kelasi hafta oxiriga borib esa ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. 16–19-oktabr kunlari bu hududlarda kunduzi +23…+28 daraja, 20–23-oktabrda esa +25…+30 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi havo harorati +10…+15 darajani tashkil etadi.

O‘zbekistonda ob-havo: Toshkent va boshqa viloyatlarda harorat

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo +20…+25 darajagacha isiydi, 21–22-oktabr kunlari esa harorat +22…+27 darajaga yetadi. Kechasi +10…+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham quruq ob-havo saqlanadi. Kunduzi +20…+25 daraja issiq bo‘ladi. 16-oktabrga o‘tar kechasi +8…+13 daraja, 17–23-oktabr kunlari esa +10…+15 daraja kuzatiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 16–21-oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22–23-oktabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat +18…+26 daraja, kechasi esa +5…+13 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 16–22-oktabr kunlari quruq ob-havo saqlanadi. 23-oktabrda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi +22…+27 daraja, 18–19 va 23-oktabr kunlari +20…+25 daraja, kechasi esa +5…+13 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Kechasi harorat +5…+10 daraja, kunduzi esa +14…+19 daraja bo‘ladi.