So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Eron AQSHga Hormuz bo‘g‘ozini ochish va yadroviy muzokaralarni ortga surishni taklif qildi

Eron AQSHga Hormuz bo‘g‘ozini ochish va yadroviy muzokaralarni ortga surishni taklif qildi

Tehron vositachilar orqali Vashingtonga urushni yakunlash va Hormuz bo‘g‘ozini blokadadan chiqarish bo‘yicha taklif yo‘lladi. Biroq Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni keyinroqqa qoldirishni shart qilib qo‘ymoqda.

Eron rahbariyati mintaqadagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus bilan chiqdi va o‘z takliflarini Pokiston vositachiligida Oq uyga yetkazdi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozini xalqaro kemalar harakati uchun to‘liq ochishga hamda uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish yoki to‘liq tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini bildirdi. Eronning asosiy sharti — mamlakat portlari blokadasini yechish va neft eksportini tiklash imkoniyatini berishdir.

Biroq taklifda muhim bir jihat bor Tehron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni ancha kechroq muddatga qoldirishni so‘ramoqda. Bu Donald Tramp ma’muriyatining qat’iy talablariga zid keladi. AQSH Erondan uranni boyitishni kamida 10 yilga to‘xtatishni va uning zaxiralarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

Vaziyat Eron rahbariyati ichida yakdil fikr yo‘qligi bilan yanada murakkablashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Islomoboddagi uchrashuvlarda Tehron AQSH ulytimatumlariga qanday javob qaytarish borasida hali bir to‘xtamga kelmaganini ochiqlagan. Eron rejasining qabul qilinishi Vashingtonni asosiy bosim vositasi bo‘lgan iqtisodiy blokadadan mahrum qilishi mumkin, shu sababli Oq uy hozircha aniq javob bermadi. Donald Tramp ushbu masalani 27-aprel kuni Oq uyning Maxsus xonasida o‘tkaziladigan yig‘ilishda muhokama qilishi kutilmoqda.