So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Zelenskiy xorijiy davlat vakillarini 9-may kuni Moskvaga bormaslikka chaqirdi

Zelenskiy xorijiy davlat vakillarini 9-may kuni Moskvaga bormaslikka chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 9-may kuni Moskvada xavfsizlik kafolatlanmagani sababli chet ellik vakillarga u yerga bormaslikni maslahat berdi. Rossiya poytaxtida mudofaa choralari kuchaytirilgan.

Uning ta’kidlashicha, urush davom etayotgan va strategik ob’ektlarga zarbalar berilayotgan bir paytda Moskvada bo‘lish kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zelenskiy Ukraina harbiylari Rossiya hududining ichkarisidagi neft zavodlari va bazalariga aniq zarbalar berishda davom etayotganini, hamda Perm kabi uzoq masofadagi ob’ektlar ham nishonga olinganini qayd etdi.

Ukraina rahbari Rossiya tomonidan taklif etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tanqid qilib, bu takliflar amalda bajarilmayotganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 6-maydan buyon sukunat rejimiga tayyor bo‘lgan bo‘lsa-da, Rossiya armiyasi hujumlarni to‘xtatmagan va oqibatda 27 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Prezident rus rahbariyatining mantig‘ini g‘alati deb atab, inson hayoti har qanday sanani nishonlashdan ko‘ra muhimroq ekanini uqtirdi.

Moskvadagi parad bu yil dronlar hujumi xavfi tufayli harbiy texnikalarsiz va cheklangan doirada o‘tkazilishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ushbu tadbirda ishtirok etmasligi haqida xabarlar mavjud. Rossiya hukumati poytaxt xavfsizligini ta’minlash maqsadida 40 dan ortiq qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘rnatgan. Eslatib o‘tamiz, 7-may kuni Moskva yo‘nalishida uchirilgan 32 ta dron urib tushirilgani haqida ma’lumotlar berilgan edi.