So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Eron dunyoni larzaga keltirgan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochdi

Eron dunyoni larzaga keltirgan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochdi

Eron 2,5 oylik blokadadan so‘ng Hormuz bo‘g‘ozini ochdi. AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy ziddiyat sabab yopilgan yo‘l qayta tiklanmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 28-fevraldan buyon yopiq qolayotgan Hormuz bo‘g‘ozi barcha tijorat kemalari uchun ochiqligini e’lon qildi. Ushbu strategik yo‘lning ochilishi AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpinning uchrashuvi fonida yuz berdi. Hozircha 30 dan ortiq kema, jumladan, Xitoyning bir qator tankerlari bo‘g‘ozdan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Ziddiyat qanday boshlangan edi?

Fevral oyi oxirida AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyotlar boshlagach, Tehron bunga javoban Hormuz bo‘g‘ozini blokada qildi. Eronning maqsadi — jahon iqtisodiyotining «tomiri»ni qisib qo‘yish orqali Vashingtonni muzokaraga majbur qilish va Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qildirish edi. AQSH bunga javoban Eronning barcha portlarini dengiz blokadasiga olib, Eron iqtisodiyotini butkul to‘xtatib qo‘yishga harakat qildi.

Dunyo bozoridagi jami neftning 20 foizi va suyultirilgan gazning katta qismi aynan shu yo‘l orqali o‘tadi. Bo‘g‘ozning yopilishi neft narxining keskin ko‘tarilishiga va jahon bozorida mahsulotlar tanqisligiga sabab bo‘lgan edi. Xitoy o‘z neft ehtiyojining asosiy qismini Eron va Fors ko‘rfazi davlatlaridan olgani sababli, blokada Pekin uchun ham katta iqtisodiy zarba bo‘ldi. Endilikda Xitoyning aralashuvi bilan tomonlar o‘rtasida vaqtinchalik «yumshash» kuzatilmoqda.