So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

Pekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildi

Pekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildi

Xitoy poytaxtida engil sport samolyoti 109 qavatli China Zun binosiga borib urildi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, samolyot yo‘nalishdan og‘ib ketgan.

Xitoy poytaxti Pekin markazida mudhish favqulodda holat qayd etildi: shahardagi eng baland osmono‘par bino — 109 qavatli, balandligi 528 metr bo‘lgan CITIC Tower (boshqa nomi China Zun) binosiga kichik yengil samolyot kelib urildi. Dunyodagi eng qattiq qo‘riqlanadigan va havo hududi nazorat qilinadigan poytaxtlardan birida ushbu voqea 26-iyun kuni tushdan keyin yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va guvohlar tomonidan tasvirga olingan ko‘plab videolarda osmono‘par binoning yuqori qavatlaridan singan oyna va beton parchalari pastga, odamlar gavjum ko‘chaga tushayotgani aks etgan. Shuningdek, kadrlarda urilish oqibatida yerga qulagan samolyotning dum qismi hamda yuqoridan tushgan parchalar tufayli oynalari chil-chil bo‘lgan o‘nlab mashinalarni ko‘rish mumkin.

Xalqaro axborot agentliklari jurnalistlarining voqea joyidan bergan xabariga ko‘ra, zarbadan so‘ng binoda zudlik bilan xavf signali chalingan va barcha xodimlar hamda tashrif buyuruvchilar ko‘chaga evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga Pekin o‘t o‘chirish xizmati, politsiya otryadlari va juda ko‘p sonli tez yordam mashinalari yetib kelgan. Binoning atrofi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘liq qurshab olingan.

Internetda tarqalgan suratlarga tayangan aviatsiya ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, halokatga uchragan havo kemasi Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilgan Sunward SA 60L Aurora rusumli yengil sport samolyotidir. Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy xususiy aviakompaniyalardan biriga tegishli bo‘lgan.

Parvozlarni real vaqt rejimida kuzatuvchi Flightradar24 xalqaro xizmati samolyot halokatdan bir necha daqiqa oldin belgilangan va tasdiqlangan yo‘nalishidan (marshrutidan) butunlay chetga chiqib ketganini aniqladi.

Hozirda Xitoy aviatsiya rasmiylari va maxsus xizmatlari hodisaning kelib chiqish sabablarini — texnik nosozlik, uchuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani yoki inson omili bilan bog‘liq variantlarni o‘rganmoqda. Samolyot ichidagi va binodagi qurbonlar hamda jarohatlanganlar soni haqida hozircha rasmiy bayonot berilmadi.