So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi bir yilda 20 foizga ko‘paydi

O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi bir yilda 20 foizga ko‘paydi

2026-yilning I choragi yakunida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 82,2 milliard dollarga yetdi. Bir yil ichida qarz miqdori 13,8 milliard dollarga yoki 20 foizga oshgan bo‘lib, o‘sishning asosiy qismi korporativ sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.

2026-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 82,2 milliard dollarni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davridagi 68,4 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan solishtirganda, mamlakatning tashqi qarzi bir yil ichida 13,8 milliard dollarga yoki 20 foizga ortgan.

Umumiy qarzning 40,5 milliard dollari davlat tashqi qarzi, 41,7 milliard dollari esa korporativ tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Bir yillik muddatda davlat majburiyatlari 4,7 milliard dollarga ko‘paygan bo‘lsa, korxonalar va banklarning qarzlari 9,1 milliard dollarga oshib, umumiy o‘sishning asosiy qismini shakllantirdi.

Regulyator sharhida ta’kidlanishicha, korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan mablag‘lar aks etadi. Ushbu qarzlar bo‘yicha davlat zimmasida moliyaviy majburiyat mavjud emas va to‘lovlar xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 2026-yilning dastlabki uch oyida yalpi tashqi qarz qoldig‘i yil boshiga nisbatan o‘zgarmay, 82,2 milliard dollar darajasida saqlanib qolgan.

Markaziy bank Xalqaro valyuta jamg‘armasi xulosalariga tayanib, kreditlar asosan imtiyozli shartlarda olingani sababli O‘zbekistonning tashqi qarz yuki past darajada baholanayotganini eslatib o‘tdi. Ma’lumot uchun, 2026-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda hukumat nomidan yangi tashqi qarzlarni jalb qilishning cheklangan hajmi 5 milliard dollar etib belgilangan bo‘lib, uning yarmi budjet taqchilligini qoplashga, qolgan 2,5 milliard dollari esa investitsiya loyihalariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat tashqi qarzining 19,7 milliard dollari budjet taqchilligini yopishga sarflangan bo‘lsa, qolgan qismi yoqilg‘i-energetika (5,6 mlrd dollar), qishloq va suv xo‘jaligi (3,3 mlrd dollar), uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish (3,2 mlrd dollar) hamda transport (3 mlrd dollar) sohalariga ajratilgan. Shuningdek, 22,3 milliard dollar miqdoridagi qarz Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlariga, 11,6 milliard dollari xorijiy hukumat tashkilotlariga (jumladan Xitoy va Yaponiya banklariga) to‘g‘ri keladi, 5,8 milliard dollari esa xalqaro obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilingan.