So‘nggi:
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatWildberries Oʻzbekistonga katta stavka qilmoqda: $300 mlnlik megaxab va Rossiyadagi BPLA hujumlari fonidagi yangi logistikaIqtisodiyotBolalar bog’chasi navbati: onlayn tekshirish va yo’llanma tartibiJamiyatJamiyatToshkent soliq boshqarmasi sobiq rahbari suddaJamiyatBektimir tumanida yetti soat davomida elektr ta’minoti uziladiJamiyatJanubiy Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsiya: sobiq DXX xodimlariga 16 yilgacha qamoq jazosi berildiDunyoPedagog farzandlari uchun kontrakt chegirmasi: 30 foizlik imtiyoz qanday olinadiJamiyatRossiyada yuz bergan ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, o‘zbek haydovchisi 9 yilga qamaldiJamiyatToshkentda yo‘l-transport inspektorini urib o‘ldirgan o‘smir 2 yil 4 oyga qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyat

Dunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqda

Dunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqda

Dunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqda: Moldovada gidrologik xavf e’lon qilindi, Niderlandiyada suv tanqisligi rejimi joriy etildi. Yevrokomissiya 2030-yilga borib chuchuk suvga bo‘lgan talab taklifdan 40 foizga oshishidan ogohlantirdi.

Jahonda chuchuk ichimlik suvi tanqisligi eng jiddiy global muammolardan biriga aylanmoqda. Yevropa va Osiyo mamlakatlari anomal issiq, qurg‘oqchilik va daryolarda suv sathining keskin pasayishi ortidan suv resurslarini cheklash choralarini ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

Xususan, Moldova Dnestr suv omborida suv sathi me’yordagi 121 metrdan 113,24 metrgacha tushib ketgani sababli mamlakatda 30 kunlik gidrologik xavf rejimini e’lon qildi. Mamlakat hokimiyati zaxira quduqlarini tayyorlamoqda. Niderlandiyada ham misli ko‘rilmagan issiq va qurg‘oqchilik sababli amaldagi suv tanqisligi rejimi joriy etildi. Mamlakatda maishiy va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv sarfi cheklanmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bugungi kunda yer yuzi aholisining teng yarmi (50 foizi) yilning kamida bir necha oyida o‘tkir suv tanqisligiga duch kelmoqda. 1980-yillardan buyon chuchuk suvga bo‘lgan global talab har yili o‘rtacha 1 foizga oshib bormoqda. Shu bilan birga, sayyora har yili taxminan 324 milliard kubometr chuchuk suvni yo‘qotmoqda — bu hajm 280 million kishining bir yillik ehtiyojini qoplashga yetadi.

Suv resurslari tobora geosiyosiy omilga aylanib bormoqda. Dunyo bo‘ylab chuchuk suv oqimining 60 foizi bir nechta davlatlar hududidan o‘tuvchi daryo va havzalarga to‘g‘ri keladi. Biroq transchegaraviy suv resurslariga ega 153 ta mamlakatdan bor-yo‘g‘i 43 tasi barcha umumiy suv manbalarini qamrab oluvchi amaliy kelishuvlarga ega. Yevrokomissiya hisobotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib dunyo bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan talab taklifdan 40 foizga oshib ketishi mumkin.