So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Moskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladi

Moskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladi

Moskva shahar sudi 51,8 kv.m xonadonda 26 ta hayvon saqlagan 65 yoshli nafaqaxo‘r ayol va uning qiziga nisbatan chiqarilgan sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Ishning barcha tafsilotlari.

Moskvaning Taganka tumanida joylashgan 51,8 kvadrat metrli xonadonda 10 yildan ortiq vaqt davomida butun boshli noqonuniy hayvonot bog‘ini saqlab kelgan 65 yoshli Nadejda Ivanovna va uning qizi Irina ushlab turgan uy yuzasidan sud jarayoni yakunlandi. Moskva shahar sudi birinchi instansiya sudining «Jilishnik» boshqaruv kompaniyasi kiritgan da’vo arizasi bo‘yicha chiqargan qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Ushbu xonadon atrofidagi mojaro 10 yildan ortiq davom etgan. Qo‘shnilar ko‘p yillar davomida doimiy shovqin, itlarning uvillashi, qushlarning qichqirig‘i, binodagi chidab bo‘lmas darajadagi yoqimsiz hid hamda tarakan, pashsha va sichqonlar ko‘payib ketganidan shikoyat qilib kelgan.

2024-yilning 6-avgust kuni Moskva shahar veterinariya stansiyasi mutaxassislari xonadonga kirib, ko‘rik o‘tkazgan. Tekshiruv davomida 51,8 kv.m maydonda umumiy hisobda 26 ta hayvon va qush saqlanayotgani rasman tasdiqlangan. Ro‘yxatga olinganlar orasida krokodil kaymani, imperator iloni, tulki, 10 ta it hamda 13 ta qush — qarg‘a, yapaloqqush, qutb boyqushi, burgutsimon boyqush, 4 ta to‘tiqush hamda 5 ta kanareyka borligi aniqlangan. Ushbu yirtqich va ekzotik turlar Rossiya qonunchiligi bo‘yicha oddiy turar joylarda saqlanishi qat’iyan taqiqlangan mavjudotlar sirasiga kiradi.

Sud jarayonida guvohlik bergan qo‘shnilarning ta’kidlashicha, xonadondagi 10 ta it hech qachon ko‘chaga olib chiqib yurilmagan va barcha ehtiyojlarini uyning o‘zida qondirgan. Yirtqich hayvon hamda qushlarni boqish uchun esa muntazam ravishda tirik yem — sichqonlar, kalamushlar, quyonlar va sutlik jo‘jalar xarid qilingan. Tirik yem qoldiqlari hamda biologik chiqindilar maxsus uutilizatsiya qilinmasdan, oddiy maishiy chiqindi qutilariga tashlangan, bu esa binoda anti-sanitariya holatini yanada og‘irlashtirgan.

2025-yilning 22-sentabr kuni o‘tkazilgan laboratoriya havosi tahlillari xonadon kirish qismida va qavatda vodorod sulfid hamda ammiak miqdori ruxsat etilgan me’yordan (SanPiN) bir necha baravar yuqori ekanini ko‘rsatgan. Shuningdek, uy egalari eksotik hayvonlarni 2020-yilgacha qonuniy sotib olganliklarini tasdiqlovchi birorta ham hujjat, ya’ni olddi-sotdi shartnomalari va ruxsatnomalarni taqdim eta olishmagan.

Taganka tuman sudi va uni ma’qullagan Moskva shahar sudi da’vogar — «Jilishnik» boshqaruv kompaniyasining talablarini to‘liq qanoatlantirdi. Hukmga muvofiq, uy egalari qaror kuchga kirgandan so‘ng 10 kun ichida xonadonni ikkita itdan tashqari barcha 24 ta hayvon va qushdan to‘liq bo‘shatishlari shart. Shuningdek, ularga xonadonda to‘liq dezinfeksiya va dezinseksiya ishlarini amalga oshirish hamda tekshiruv uchun kommunal xizmat xodimlarini ichkariga kiritish majburiyati yuklatildi. Uy egalaridan 20 000 rubl davlat boji hamda sud qarori bajarilmagan har bir kun uchun 5 000 rubldan jarima undirilishi belgilandi.