So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Amazon Leo va UZ-SAT O‘zbekistonning chekka qishloqlarini sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlaydi

Amazon Leo va UZ-SAT O‘zbekistonning chekka qishloqlarini sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlaydi

TMIF-2026 doirasida global sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Aholiga ulanish uchun uch turdagi terminallar taklif etiladi.

AQSHning Amazon Leo kompaniyasi va UZ-SAT qo‘shma korxonasi poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TMIF-2026) doirasida hamkorlik bitimini imzoladi. Mazkur yangi loyiha mamlakatdagi “raqamli tengsizlik” muammosini bartaraf etishga qaratilgan.

Tizim nafaqat yirik megapolislarda, balki odatdagi kabel yoki mobil aloqa infratuzilmasi umuman mavjud bo‘lmagan eng chekka va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hamda cho‘l qishloqlarida ham sifatli aloqani kafolatlaydi.

Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchilarga ixcham abonent terminallarining uch xil turi — Amazon Leo Nano, Amazon Leo Pro va Amazon Leo Ultra taklif etiladi. Global tizimning o‘zi 3000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshni o‘z ichiga olgan ulkan orbital guruh bazasida ishlaydi. Fazoviy apparatlar o‘zaro yuqori tezlikdagi lazer (optik) kanallari orqali bog‘langan hamda butun dunyo bo‘ylab yer usti baza stansiyalari va tolali optik tarmoqlar bilan to‘liq integratsiya qilingan.