So‘nggi:
BMT 2027–2036-yillarni kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlash o‘n yilligi deb e’lon qildiDunyoUmarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiJamiyatBanklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdiIqtisodiyotYTHda haydovchilarga pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdorning sug‘urtasidan olishga ruxsat berildiJamiyatFabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdiSportO‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2026 o‘yinida DR Kongoga imkoniyatni boy berdiSportAfg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyo

Banklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdi

Banklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdi

Markaziy bank 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra muammoli kreditlar (NPL) statistikasini e’lon qildi. Qaytarilmayotgan qarzlarning asosiy qismi — 16,7 trln so‘mi davlat banklariga tegishli.

Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikadagi muddati o‘tgan jami muammoli kreditlar hajmi 23,6 trillion so‘mdan oshib ketdi. Taqqoslash uchun, ushbu ko‘rsatkich 1-may holatiga ko‘ra 21,9 trillion so‘mni tashkil etayotgan edi. Eng xavotirli jihati, qaytarilmayotgan foizli qarzlarning qariyb 70 foizi, ya’ni 16,7 trillion so‘mi davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (bir oyda 1,6 trillion so‘mga ko‘paygan). Xususiy banklarda esa muammoli aktivlar may oyida 100 milliard so‘mga oshib, 6,9 trillion so‘mga yetgan.

Respublikada faoliyat yuritayotgan 9 ta davlat bankidan 7 tasida yirik miqdordagi qaytarilmayotgan qarzlar to‘planib qolgan. Bu borada O‘zmilliybank 3,54 trillion so‘mlik muammoli portfel bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Muammoli kreditlar hajmi bo‘yicha davlat banklarining ko‘rsatkichlari:

  • O‘zmilliybank — 3,54 trln so‘m

  • Agrobank — 3,1 trln so‘m

  • O‘zsanoatqurilishbank — 2,1 trln so‘m

  • Asaka bank — 1,94 trln so‘m

  • Mikrokreditbank — 1,78 trln so‘m

  • Xalq banki — 1,75 trln so‘m

  • Biznesni rivojlantirish banki — 1,1 trln so‘m

Xususiy banklar segmentida esa qaytarilish muddati o‘tgan kreditlar miqdori bo‘yicha Kapital bank yetakchilik qilmoqda — 1,3 trillion so‘m. Undan keyingi o‘rinni 1 trillion so‘mdan ortiq muammoli krediti bor bo‘lgan Ipoteka-bank band etgan.