So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari bir yilda 103 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari bir yilda 103 trillion so‘mga yetdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) hisobotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida davlat byudjeti daromadlari 35 foizga o‘sdi. Soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni, bojxona to‘lovlari esa 19,4 trln so‘mni tashkil etgan.

ITIMning birinchi chorak yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan hisoboti mamlakat iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish sur’atlarini tasdiqlamoqda.

Byudjet tushumlarining eng katta qismi soliq organlari hissasiga to‘g‘ri keldi — soliq tushumlari 24 foizga ko‘payib, 63,6 trln so‘mga yetdi. Bojxona to‘lovlari ham sezilarli o‘sish ko‘rsatdi: o‘tgan yilgi 16,2 trln so‘m o‘rniga joriy yilning ilk uch oyida 19,4 trln so‘m yig‘ildi. Bu ko‘rsatkichlar tashqi iqtisodiy faoliyatning jadallashganidan dalolat beradi.

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida qolayotgan mablag‘lar miqdori ham ortib bormoqda. Birinchi chorakda hududiy byudjetlarda 2,2 trln so‘m shakllangan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 21 foizga ko‘proqdir. Qo‘shimcha mablag‘lar hajmi bo‘yicha quyidagi hududlar yetakchilik qilmoqda:

  • Toshkent shahri — 858 mlrd so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 243 mlrd so‘m;

  • Samarqand viloyati — 210 mlrd so‘m.

Hududiy byudjetlarga yer sotish va xususiylashtirishdan 572 mlrd so‘m tushgan bo‘lsa, davlat g‘aznasidan hududlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 1,1 trln so‘m yo‘naltirildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlari kengayishi joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish va infratuzilmani yaxshilash imkonini beradi.