So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda har bir ayolga 3 nafar farzand to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistonda har bir ayolga 3 nafar farzand to‘g‘ri kelmoqda

Dunyoda «demografik qish» xavfi ortayotgan bir paytda, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi millatni qayta tiklash me’yoridan 1,5 baravarga oshdi. Mamlakatda har bir ayolga o‘rtacha 3 nafar farzand to‘g‘ri kelmoqda.

Biroq O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos ijobiy ko‘rsatkichlarni namoyon etmoqda. So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada tug‘ilishning yalpi koeffitsiyenti har bir ayolga uch nafardan ortiq farzandni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich mamlakatning demografik jihatdan mintaqadagi eng faol davlat ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xalqaro me’yorlarga ko‘ra, aholi sonining tabiiy ravishda kamayib ketmasligi uchun har bir ayolga 2,1 nafar farzand to‘g‘ri kelishi zarur. O‘zbekiston ushbu xalqaro o‘tish chegarasidan 1,5 baravar yuqori natija ko‘rsatib, nafaqat barqarorlikni, balki aholi sonining jadal o‘sishini ta’minlamoqda. Rivojlangan davlatlar demografik inqiroz bilan kurashayotgan bir paytda, O‘zbekiston yosh va o‘sib borayotgan millat maqomini saqlab qolmoqda.

Shu bilan birga, bunday yuqori tug‘ilish sur’ati davlat zimmasiga strategik vazifalarni yuklaydi. Aholi sonining o‘sishi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, yangi maktablar va tibbiyot muassasalari qurishni taqozo etadi. Demografik salohiyatdan unumli foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiy infratuzilma loyihalari aholi o‘sish sur’atlariga monand ravishda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.