So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda PPX xodimlariga piyodalarni jarimaga tortish huquqi berildi

O‘zbekistonda PPX xodimlariga piyodalarni jarimaga tortish huquqi berildi

17-apreldan boshlab PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengaytirildi. Endilikda ular piyodalarni yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgani, chiqindi tashlagani va lazer ko‘rsatkichlaridan foydalangani uchun jarimaga tortishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar ko‘chalar va mahallalarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

PPX xodimlarining yangi vakolatlari

Endilikda PPX xodimlari MJtKning bir qator moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzish va jarima qo‘llash huquqiga ega bo‘ldilar. Ilgari ushbu vakolatlarning aksariyati faqat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YPX) xodimlariga tegishli edi:

  • Piyodalar tomonidan yo‘l qoidalarining buzilishi (138-modda):

    • yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish;

    • svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik;

    • yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikning boshqa holatlari.

  • Obodonlashtirish va sanitariya qoidalarini buzish (110 va 111-moddalar):

    • belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash;

    • hududlarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik va antisanitariya holatlarini yuzaga keltirish.

  • Jamoat joylarida tartibbuzarlik (187 va 128⁶-moddalar):

    • mayda bezorilik (uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, tajovuzkor harakatlar);

    • yo‘llardagi alohida qoidabuzarliklar.

Lazer ko‘rsatkichlari uchun katta miqdorda jarima

Qonunchilikka kiritilgan muhim o‘zgarishlardan biri — lazer ko‘rsatkichlaridan (ukazka) foydalanganlik uchun javobgarlikning belgilanishidir. Endilikda bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi va qurilma musodara qilinadi.

PPX xodimlari ko‘cha va mahallalarda doimiy xizmat olib borishini hisobga olsak, endi qoidabuzarliklarga nisbatan nazorat ancha zichlashadi. Piyodalar tomonidan sodir etiladigan «odatiy» qoidabuzarliklar uchun jazo muqarrarligi oshadi, chunki bayonnomalar YPX xodimini kutmasdan, voqea joyida PPX xodimi tomonidan rasmiylashtirilishi mumkin.