So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Navoiyda ota mashinasini ishonib topshirgan o‘smir vafot etdi

Navoiyda ota mashinasini ishonib topshirgan o‘smir vafot etdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida kattalarning e’tiborsizligi navbatdagi mudhish fojiaga sabab bo‘ldi. 22-aprel kuni soat 21:00 atrofida “Malik” mahallasi hududida Cobalt rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. Mashina salonida 22-sonli umumta’lim maktabining ikki nafar o‘quvchisi bo‘lgan, ulardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, avtomobil 11-sinf o‘quvchisining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq ota mashina boshqaruvini guvohnomasi bo‘lmagan 16 yoshli o‘smirga topshirgan. Mazkur mas’uliyatsizlik oqibatida avtomobilda bo‘lgan 9-sinf o‘quvchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Ikkinchi maktab o‘quvchisi esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB YHXB ushbu holat yuzasidan ota-onalarni yana bir bor ogohlantirib, voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini ishonib topshirish fojia bilan yakunlanishini ta’kidladi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Farzandining hayotini xavfga qo‘ygan va boshqaruvni huquqi bo‘lmagan shaxsga bergan ota-onalarning mas’uliyati qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.