So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zgidromet dam olish kunlari yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet dam olish kunlari yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi kutilmoqda. Toshkentda havo harorati +24 darajagacha ko‘tarilib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida bahorgi beqaror ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Yog‘ingarchiliklar asosan markaziy va sharqiy viloyatlarni qamrab oladi, shimoliy hududlarda — Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy viloyatining bir qismida esa quruq ob-havo saqlanib qoladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarining janubida yomg‘ir faqat ayrim joylarda qisqa muddatli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi, ammo shimoli-g‘arbda yakshanba kuniga kelib harorat keskin ko‘tarilib, +30 darajagacha yetishi prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi hamda sayyohlarni alohida ehtiyotkorlikka chaqirmoqda. Kuchli yomg‘irlar sababli ushbu hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi mavjud. Poytaxtimizda ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkentda harorat kechasi +13…+15, kunduzi esa +22…+24 darajani tashkil etadi. Shuningdek, shamol tezligi soniyasiga 12 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi ehtimoli bor. O‘zgidromet xizmati aholidan ob-havoning kutilmagan o‘zgarishlariga tayyor turishni va xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qoladi.