So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan ilk haydovchi guvohnomasidan ayrilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan ilk haydovchi guvohnomasidan ayrilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ilk bor haydovchi 12 jarima balli to‘plagani sababli haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin. Ballik tizim qanday ishlashi haqida batafsil.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati respublikada ballik tizim joriy etilgandan buyon eng ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan ilk haydovchini aniqladi. Surxondaryo viloyatida yashovchi ushbu shaxs bir yil davomida jami 12,5 ball to‘plab, belgilangan limitdan o‘tib ketgan.

Haydovchi maxsus videolavhada tizimning ishlashiga ishonmaganini, biroq endi uning ishi sudga oshirilib, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkinligini bayon qildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, 12 ballik ko‘rsatkichga yetgan shaxslar kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakat bo‘ylab yana 11 nafar haydovchi «qizil hudud»da turibdi — ularning hisobida 8 tadan 10 tagacha jarima ballari mavjud. Bunday haydovchilarning aksariyati Toshkent shahri (5 kishi) va Surxondaryo viloyatiga (3 kishi) to‘g‘ri kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan boshlab kameralar va radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar ham ballik tizimga kiritila boshlandi.

Ushbu choralar yo‘llarda intizomni kuchaytirish va takroriy qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, to‘plangan ballar bir yil davomida saqlanib qoladi.