So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

AQShda Yulduz Usmonovaning konsertini bekor qilish talab qilinmoqda

AQShda Yulduz Usmonovaning konsertini bekor qilish talab qilinmoqda

AQSh siyosatchilari Yulduz Usmonovaning Bruklindagi konsertini taqiqlashni va uning vizasini bekor qilishni so‘rashmoqda. Xonanda antisemitizmda ayblanmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkdagi rejalashtirilgan chiqishi yirik siyosiy mojaroga sabab bo‘ldi. Shtat Assambleyasi a’zosi Maykl Novaxov va boshqa rasmiy shaxslar xonandani yahudiy xalqiga nisbatan nafrat uyg‘otuvchi fikrlar bildirganlikda ayblab, uning 9-mayga belgilangan konsertini to‘xtatishni talab qilmoqda. Siyosatchilar AQSh Davlat departamentiga murojaat qilib, san’atkorning mamlakatga kirish vizasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishni so‘rashgan. Ularning ta’kidlashicha, xonanda o‘zining avvalgi bayonotlari uchun uzr so‘rashdan bosh tortgan.

Norozilik namoyishlari Brayton-Bich tumanidagi «Okean» teatri oldida bo‘lib o‘tdi. Faollarning fikricha, bunday mazmundagi chiqishlar jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Shuningdek, konsert sanasining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba kuni bilan bir vaqtga tushgani e’tirozlarni yanada kuchaytirdi. Shunga qaramay, konsert tashkilotchilari tadbirga barcha chiptalar sotilganini ma’lum qilishgan. Hozircha xonanda va uning vakillari Nyu-York ma’muriyati hamda jamoatchilik tomonidan bildirilgan ushbu ayblovlarga nisbatan munosabat bildirmadi.