So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Nyu-Yorkda Yulduz Usmonovaning konserti antisemitizmda ayblanib bekor qilindi

Nyu-Yorkda Yulduz Usmonovaning konserti antisemitizmda ayblanib bekor qilindi

Nyu-Yorkda Yulduz Usmonova konserti bekor qilindi va uning vizasini qaytarib olish talab qilindi. Xonanda antisemitizmda ayblanishiga javoban uzr so‘rashdan bosh tortdi.

9-may kuni Bruklinning Oceana teatrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Yulduz Usmonovaning konsert dasturi bekor qilindi. Bunga Nyu-York assambleyasi a’zolarining noroziligi va qo‘shiqchiga nisbatan bildirilgan antisemitizm ayblovlari sabab bo‘lgan. Deputat Maykl Novaxovning so‘zlariga ko‘ra siyosatchilar nafaqat konsertlarni to‘xtatishga balki xonandaning AQSHga kirish vizasini bekor qilishga ham erishmoqchi.

O‘z navbatida Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoqlar orqali maxsus video murojaat yo‘lladi. Unda xonanda o‘z so‘zlari uchun kechirim so‘rash niyatida emasligini va o‘z pozitsiyasida qat’iy turishini ma’lum qildi.

Avvalroq mahalliy qonun chiqaruvchilar Usmonovaning bayonotlarida yahudiylarga nisbatan nafrat alomatlari borligini da’vo qilib chiqishgan edi. Mazkur mojaro ortidan Bruktindagi konsert tashkilotchilari tadbirni o‘tkazishdan voz kechishga majbur bo‘lishdi.