So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Rossiyada yiliga 10 oydan kam ishlagan migrantlarning yashash guvohnomasi bekor qilinishi mumkin

Rossiyada yiliga 10 oydan kam ishlagan migrantlarning yashash guvohnomasi bekor qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun yashash huquqini bekor qilish tartibi qat’iylashtirilmoqda. Endilikda yiliga 10 oydan kam ishlagan xorijliklar o‘z hujjatlaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.

Parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodinning ta’kidlashicha hujjat qabul qilinsa hujjat berilgan kundan boshlab yil davomida kamida o‘n oy ish stajiga ega bo‘lmagan xorijliklarning yashash huquqi bekor qilinadi. Ushbu talab nafaqat korxonalarda balki jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligida mehnat qilayotgan migrantlarga ham tegishli bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra migrantlar o‘zlari va qaramog‘idagi oila a’zolari uchun daromad solig‘ini (NDFL) o‘z vaqtida to‘laganini isbotlashi shart. Agar soliq to‘lovlari o‘n oydan kam muddatni tashkil etsa xorijlik fuqaroning mamlakatda qolishi qonuniy asosga ega bo‘lmaydi. So‘nggi uch oy ichida bekor qilingan VNJ hujjatlari soni 2025-yil boshiga nisbatan 90 foizga oshgan bo‘lib bu nazorat kuchayganidan dalolat beradi. Shuningdek yangi yashash guvohnomalarini berish hajmi ham qariyb 28 foizga kamaygan.