So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Navoiyda 14 nafar bolani ortib ketayotgan Matiz ag‘darildi

Navoiyda 14 nafar bolani ortib ketayotgan Matiz ag‘darildi

Nurota tumanida bog‘cha bolalarini tashiydigan Matiz halokatga uchradi. 14 nafar bola jarohatlandi, haydovchi vafot etdi. Bir nafar bola koma holatida.

5-may kuni ertalab yuz bergan halokatda 1992-yilda tug‘ilgan ayol Matiz rusumli avtomobilda 13 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi va o‘zining chaqalog‘ini olib ketayotgan bo‘lgan.

Yangi hayot mahallasi hududida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan. Ayol shifoxonada vafot etgan bolalar esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifokorlar nazoratiga olingan.

Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlardan birining ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib u hozirda koma holatida qolmoqda. Sakkiz nafar bola viloyat shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Surishtiruvlar davomida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan ayol va uning turmush o‘rtog‘i yillar davomida bolalarni shu tarzda tashib kelgani ma’lum bo‘ldi. Eng achinarlisi ota-onalar ham bunday xavfli tashish usuliga va haydovchining hujjatlari yo‘qligiga ko‘z yumib kelishgan. Hozirda holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.