So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkentda bir oylik yog‘ingarchilikning yarmi ikki soatda yog‘di

Toshkentda bir oylik yog‘ingarchilikning yarmi ikki soatda yog‘di

10-may kuni Toshkentda kuchli yomg‘ir oqibatida 23 ta manzilda suv to‘plandi. Maxsus xizmatlar oqibatlarni bir soatda bartaraf etdi va tizimni yangilashga kirishdi.

Shahar hokimligi va FVV ma’lumotiga ko‘ra, 8 ta tumanidagi 23 ta nuqtada suv to‘planishi holatlari kuzatilgan, eng ko‘p murojaat Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlaridan kelib tushgan.

Suv toshqinlariga nafaqat yog‘ingarchilik miqdori, balki ariqlarning chiqindilar bilan to‘lib qolgani hamda irrigatsiya tarmoqlarining o‘zboshimchalik bilan to‘sib qo‘yilgani sabab bo‘lgan. Vaziyatni bartaraf etish uchun 60 dan ortiq maxsus texnika safarbar etilib, bir soat ichida suv oqimlari to‘liq bartaraf etildi. Mutaxassislar hozirda tizimning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish ustida ishlamoqda.

Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida 5 ta manzilda yangi irrigatsiya tarmoqlari quriladi, ayrim joylarda esa diametri 800 mm bo‘lgan quvurlar yotqiziladi. Shuningdek, qo‘shimcha nasos agregatlari va suv qabul qilish panjaralarini o‘rnatish orqali drenaj tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Bosh rejaga ko‘ra, shahar infratuzilmasi sutkasiga 36 mm yog‘ingarchilikni qabul qila oladigan darajaga yetkaziladi.