So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Shayxontohur tumanida uch kun davomida sovuq suv bo‘lmaydi

Shayxontohur tumanida uch kun davomida sovuq suv bo‘lmaydi

12-maydan 14-maygacha Shayxontohur tumanining bir qator mahallalarida suv o‘chiriladi. «6-Bozsu» tarmog‘ida qayta ulash ishlari olib boriladi.

 Suv o‘chirilishi 12-may kuni soat 09:00 dan boshlanib, 14-may kuni soat 21:00 ga qadar davom etadi. Mazkur chora «6-Bozsu» suv quvurida qayta ulash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq.

Suv ta’minotidagi cheklovlar tumanidagi «Yangi shahar», «Oqilon», «Sarxumdon», «Chorsu», «Qoratosh», «Zangiota», «Bog‘ko‘cha», «Chaqar» va «Gulbozor» mahallalarini qamrab oladi. Ishlar «Bozsuv» suv inshootidan Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofada olib boriladi. Mutasaddilar aholidan uch kunlik ehtiyoj uchun suv zaxirasini oldindan tayyorlab qo‘yishni so‘ramoqda.

Ushbu uzilishlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 14 ta bog‘cha, 12 ta maktab, 4 ta shifoxona va poliklinika, 6 ta masjid hamda 50 ta umumiy ovqatlanish maskanida suv bo‘lmaydi. Suv ta’minoti korxonasi ta’mirlash ishlari yakunlangach, sovuq suv yetkazib berish odatdagi tartibda tiklanishini ma’lum qildi.