So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkentda bank xodimlari mijozning 500 ming dollar omonatini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Toshkentda bank xodimlari mijozning 500 ming dollar omonatini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Toshkentda bank mas’ullari soxta hujjatlar orqali mijozning 500 ming dollarini talon-toroj qildi. Prokuratura departamenti xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi va tergov harakatlarini boshladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bank mas’ullari mijozning omonatiga qo‘yilgan 500 ming AQSH dollarini o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bank xodimlari fuqaro I.M.ga tegishli mablag‘larni qo‘lga kiritish maqsadida soxta hujjatlardan foydalangan. Mazkur hujjatlar asosida omonat pullari bankdan chiqarib olingan va shaxsiy manfaatlar yo‘lida sarflangan. Hozirda ushbu mablag‘larning qayerga yo‘naltirilgani va jinoiy sxemaning boshqa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Xususan, aybdorlarga nisbatan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bank tizimidagi bunday holatlar avval ham kuzatilgan edi. Xususan, joriy yilning fevral oyida poytaxtdagi bank xodimlaridan biri o‘zganing 120 ming dollar mablag‘ini qimor o‘yinlariga tikib yuborgani fosh etilgan edi. Yangi aniqlangan holat bank mijozlari mablag‘larining xavfsizligi va tizimdagi nazorat masalalarini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.