So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Pedagoglarning farzandlariga OTM kontraktidan 30 foiz chegirma berilishi kutilmoqda

Pedagoglarning farzandlariga OTM kontraktidan 30 foiz chegirma berilishi kutilmoqda

2026/2027-o‘quv yilidan pedagoglarning farzandlariga OTMda 30 foizli kontrakt chegirmasi berilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ushbu imtiyoz ham yangi o‘qishga kirgan, ham hozirda tahsil olayotgan talabalarga nisbatan qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Mazkur chora o‘qituvchilarning ijtimoiy mavqeyini oshirish va ularning oilalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida taklif etilmoqda. Chegirma faqat davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun amal qilishi kutilmoqda.

Loyiha tasdiqlansa, pedagoglarning farzandlari uchun oliy ma’lumot olish imkoniyatlari yanada kengayadi. Hozirda hujjat jamoatchilik muhokamasi bosqichida bo‘lib, mutaxassislar va fuqarolarning takliflari asosida takomillashtirilishi mumkin. Bu o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish tizimidagi yana bir muhim qadam bo‘lishi aytilmoqda.