So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkent ko‘chalarini poygaga aylantirgan Matiz haydovchisi 311 mln so‘m jarima yig‘di

Toshkent ko‘chalarini poygaga aylantirgan Matiz haydovchisi 311 mln so‘m jarima yig‘di

Toshkentda ikki yil ichida 912 marta qoida buzib, 311 mln so‘m jarima yig‘ib qo‘ygan Matiz haydovchisining mashinasi MIB tomonidan jarima maydoniga tiqildi.

Idoraning Toshkent shahar boshqarmasi tumanlararo bo‘limi ish yurituvidagi hujjatlarga ko‘ra, mazkur transport vositasi egasiga nisbatan shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan juda ko‘p miqdorda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu haydovchi o‘zining Matiz rusumli mashinasida ikki yildan ortiq vaqt davomida yo‘llardagi tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzishni odatga aylantirgan. Oqibatda uning hisobida jami 912 ta qonunbuzarlik qayd etilib, to‘lanmagan jarimalar miqdori 311 mln so‘mdan oshib ketgan.

Huquqbuzar fuqaro sodir etgan qilmishlari uchun tayinlangan moliyaviy jazolarni yillar davomida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani sababli, unga tegishli mulk rasman qidiruvga berilgan edi. Byuro xodimlarining o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida qidiruvdagi ushbu mashina poytaxt hududidan topildi va joriy yilning 15-may kuni majburiy tartibda vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirildi. Ta’kidlash joizki, poytaxtda bunday holatlar birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avvalroq Bektemir tumanida ham 55 marotaba tezlikni oshirib, jarimalarni to‘lamagan boshqa bir haydovchi ayolning avtomobili ham qonuniy choralar doirasida olib qo‘yilgan edi.