So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Yil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldi

Yil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 4 milliondan ziyod xorijiy turist keldi. Sayyohlar oqimi o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 30 foizga o‘sgan, yetakchi — Qirg‘iziston.

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga kelgan chet el fuqarolari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yanvar–aprel oylarida respublikaga sayyohlik maqsadida jami 4 048 617 nafar xorijlik tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lib, sayyohlar oqimi 930,8 ming nafarga yoki qariyb 30 foizga ko‘payganini ko‘rsatmoqda. Xalqaro aviaqatnovlarning kengayishi, viza rejimining soddalashtirilishi hamda ichki infratuzilmaning rivojlanishi ushbu o‘sishning asosiy omillari sifatida baholanmoqda.

Mamlakatga kelgan sayyohlarning eng katta qismi an’anaviy tarzda Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Sayyohlar soni bo‘yicha Qirg‘iziston 1 141 581 nafar ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinlarni esa Tojikiston 965 488 nafar va Qozog‘iston 935 003 nafar fuqaro bilan band etgan. Shuningdek, yetakchi o‘nlikdan Rossiyadan 341 842 nafar, Afg‘onistondan 161 537 nafar, Xitoydan 132 240 nafar, Turkmanistondan 108 433 nafar va Turkiyadan 57 686 nafar sayyoh joy olgan. Eng kam turistlar oqimi esa Hindistondan 16 057 nafar hamda Janubiy Koreyadan 12 145 nafar darajasida qayd etilgan.