So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda narkotiklar va ularning internetdagi targ‘iboti uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda narkotiklar va ularning internetdagi targ‘iboti uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senat internet orqali narkotiklar targ‘iboti, yashirin laboratoriyalar qurish va o‘quv yurtlari yaqinidagi narkojinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishni ma’qulladi.

Parlament yuqori palatasi vakillarining ta’kidlashicha, dunyo miqyosida sintetik gijvandlik vositalarining tarqalishi va narkomaniyaga chalinish holatlari ko‘payayotgani qonunchilik normalarini qayta ko‘rib chiqish hamda jazo choralarini og‘irlashtirishni taqozo etmoqda. Mazkur qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga bir qator muhim qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Yangi huquqiy normalarga ko‘ra, yashirin laboratoriyalarni tashkil etish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlaganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, gijvandlik vositalarini internet tarmoqlari orqali tarqatish va ularni targ‘ib qilish holatlari endilikda jazo chorasini og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Yoshlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari, talabalar turar joylari va bolalar lagerlari yaqinida sodir etilgan narkojinoyatlar uchun jazo choralari yanada keskinlashtiriladi. Bundan tashqari, mazkur sohada og‘ir toifadagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish chorasi qo‘llanilmaydi.

Senatorlar ushbu qonunning qabul qilinishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirish va jamiyatda gijvandlikdan xoli muhitni shakllantirishga xizmat qilishini qayd etishdi.