So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Tailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha qisqartiradi

Tailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha qisqartiradi

Tailand hukumati O‘zbekiston va yana 92 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz bo‘lish muddatini 60 kundan 30 kunga tushirishga qaror qildi.

Tailand hukumati chet ellik sayyohlar uchun mamlakatda vizasiz bo‘lish muddatini 60 kundan 30 kunga qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Khaosod nashrining vazirlar mahkamasi qaroriga tayanib ma’lum qilishicha, mazkur yangi cheklovlar dunyoning 93 ta davlati, shu jumladan O‘zbekiston va Rossiya fuqarolariga ham daxldor bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda turizm sektorini rag‘batlantirish maqsadida 2024-yilning iyul oyidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz tartib joriy etilgan edi.

Tailand ommaviy axborot vositalarining yozishicha, qirollik rahbariyati xorijliklar tomonidan sayyohlik rejimidan tijorat maqsadlarida foydalanish hamda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari ko‘paygani sababli avvalgi 30 kunlik cheklovni qaytarishga majbur bo‘lgan. Yangi tartibning aniq kuchga kirish sanasi hozircha rasman e’lon qilinmadi. Shu bilan birga, mahalliy manbalarning qayd etishicha, sayyohlar uchun mamlakat ichkarisida bo‘lish muddatini yana 30 kunga uzaytirish imkoniyati saqlanib qolinishi mumkin. Tailand o‘zbekistonlik sayyohlar, ayniqsa, qishki ta’til mavsumida eng ko‘p tashrif buyuradigan ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.