So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Namanganda 12 yoshli bolani tok urib o‘ldirdi

Namanganda 12 yoshli bolani tok urib o‘ldirdi

Namanganda 12 yoshli maktab o‘quvchisi gilos termoqchi bo‘lib transformatorga chiqqanda tok urib halok bo‘ldi. Prokuratura surishtiruv boshladi.

«Milliy» telekanalining xabar qilishicha, voyaga yetmagan bola yuqori kuchlanishli elektr transformatori yaqinida og‘ir tan jarohati olgan. Fojia joriy yilning 5-may kuni soat taxminan 19:37 larda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktab o‘quvchisi transformator yaqinida o‘sayotgan gilos daraxtidan meva termoqchi bo‘lib, elektr qurilmasi ustiga chiqqan va shu vaqtda uni kuchli tok urgan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum bolaning onasi xorijga ishlashga ketgani sababli u xolasining qaramog‘ida yashab kelgan. Hodisadan so‘ng atrofda yashovchi aholi unga birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qilgan va yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda bola hali tirik bo‘lgan. Biroq shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Hozirda o‘limning aniq sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Halok bo‘lgan bolaning qarindoshlari ushbu fojiada hududiy elektr tarmoqlari korxonasini ayblamoqda. Ularning ta’kidlashicha, yuqori xavfli ob’ekt atrofi talab darajasida o‘ralmagan, ochiq qoldirilgan va har tomonda xavfli simlar osilib yotgan.

Yaqinlarining iddao qilishicha, hatto o‘lim holatidan keyin ham mutasaddilar tomonidan transformator atrofini muhofaza qilish choralari ko‘rilmagan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, shuningdek, mahalliy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.