So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Ustyurt platosida tabiat qo‘yniga qariyb 900 bosh yo‘rg‘alovchi tuvaloq qo‘yib yuborildi

Ustyurt platosida tabiat qo‘yniga qariyb 900 bosh yo‘rg‘alovchi tuvaloq qo‘yib yuborildi

Qo‘ng‘irot tumanida 893 bosh yo‘rg‘alovchi tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi. Ekologiya qo‘mitasi va Falcon Hunting Solutions har yili 3 mingtagacha qush qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Yo‘rg‘alovchi tuvaloq O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga, shuningdek, Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi CITES konvenstiyasining birinchi ilovasiga kiritilgan.

Tabiatni muhofaza qilish borasidagi ushbu muhim loyiha faqatgina bir marta o‘tkaziladigan tadbir bilan cheklanib qolmaydi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita hamda Falcon Hunting Solutions mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zaro hamkorlikda uzoq muddatli dasturni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda.

Rejaga ko‘ra, ekotizim balansini tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston hududidagi yovvoyi tabiat qo‘yniga har yili muntazam ravishda 2 ming boshdan 3 ming boshgacha bo‘lgan miqdorda ushbu noyob va qimmatli qushlarni ko‘paytirib qo‘yib yuborish ishlari davom ettiriladi.