Kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Vodiyda suv toshish ehtimoli bor.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, yog‘ingarchilik tufayli ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va bu yerlarni suv bosishiga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Sel va suv toshqinlari xavfi quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
-
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
-
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
-
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
-
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
-
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
-
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
-
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
-
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
-
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, ushbu joylarda dam oluvchilar hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish va ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.