So‘nggi:
JCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSportO‘zbekistonda Rossiya davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha sinov loyihasi boshlanadiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7 foizga oshadiJamiyatO‘zbekistonda yagona UzQR to‘lov tizimi ishga tushirildiJamiyatVyetnamga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibi o‘zgardiDunyoToshkentda TDPU, Mehnat vazirligi va ikkita hokimlik binolari auksionga qo‘yildiJamiyatMoskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosat

O‘zbekistonda yagona UzQR to‘lov tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda yagona UzQR to‘lov tizimi ishga tushirildi

1-iyuldan boshlab barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari uchun yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy etib belgilanadi. Komissiya shartlari ma’lum.

O‘zbekistondagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi yagona QR-kod tizimi faoliyat boshladi. Markaziy bank loyihasi doirasida joriy etilgan ushbu tizim UzQR nomini oldi.

Yangi mexanizmning asosiy qulayligi shundaki, xaridor Humo yoki Uzcard kartalari orqali istalgan bank ilovasi yoki to‘lov tizimi yordamida pul o‘tkazmasini amalga oshira oladi. Tadbirkorlarni tizimga ulash va yagona to‘lov QR-koditaqdim etish banklar tomonidan mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Buning uchun faqat hisobvaraq ochilgan bankka ariza berish kifoya. Joriy yilning 1-iyulidan boshlab UzQR orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi, uning mavjud emasligi esa savdo qoidalarini buzish deb baholanadi.

Hozirgi kunda tizimda umumiy komissiya miqdori 1,65 foizni tashkil etmoqda (1 foiz xaridordan, 0,65 foiz esa sotuvchidan undiriladi). Tizim operatori bo‘lgan Markaziy bankning hisob-kitob kliring tizimi (MUNIS) ushbu mablag‘larni banklar va to‘lov tashkilotlari o‘rtasida taqsimlaydi. Shu bilan birga, ayni paytda xaridorlardan olinadigan 1 foizlik komissiyani butunlay bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.