So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

Toshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdi

Toshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdi

Bektemir tumani sudi ushbu shaxsga 15 sutka qamoq va jarima jazosini tayyorladi. Huquqbuzar 97-avtobus ichida shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdi.

Ish materiallariga ko‘ra, Toshkent viloyatidan kelgan, uylangan va ishsiz bo‘lgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs mast holatda yoningda o‘tirgan qizning qo‘lini silay boshlagan. So‘ngra u shimini tushirib, jabrlanuvchiga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan.

Qiz qo‘rqqanidan baqirib yuborgach, erkak avtobusdan qochishga buringan, biroq haydovchi eshiklarni o‘z vaqtida yopib ulgurgan. Shundan keyin huquqbuzar so‘kinib, eshiklarni ura boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlariga ham u faol qarshilik ko‘rsatgan.

Sudda huquqbuzar aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ichkilik tufayli hech narsani eslay olmasligini, faqat IIB bo‘limida o‘ziga kelganini aytib, kechirim so‘radi. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topdi. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning 5 baravari (2 060 000 so‘m) miqdorida jarima hamda qamoqda saqlash xarajatlari uchun 933 ming so‘m undirish jazosi tayinlandi.