So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

AQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqda

AQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqda

AQSH Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyati foydasiga qaror chiqarib, Gaiti va Suriyadan kelgan yuz minglab qonuniy muhojirlarni vaqtinchalik himoya maqomidan mahrum etdi.

Sud tarkibidagi konservativ ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullangan ushbu qaror AQSHda yillar davomida mutlaqo qonuniy asoslarda yashab, mehnat qilib kelayotgan migrantlarni ommaviy ravishda deportatsiya qilish uchun huquqiy zamin yaratadi. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, mazkur qadam Amerikaning ko‘p yillik migratsiya va gumanitar tamoyillarini butunlay o‘zgartirib yubormoqda.

Mazkur keskin chora ayni paytda AQSHda bo‘lib turgan 350 mingga yaqin Gaiti fuqarolari hamda 6 mingdan ziyod suriyaliklarning taqdiriga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Ularning barchasi mamlakatdan majburiy chiqarib yuborilish xavfi ostida qoldi.

Sud hukmi e’lon qilinishi ortidan Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari va Tramp immigratsiya siyosatining bosh mafkurachisi Stiven Miller Vashington xorijlik qochqinlarni qabul qilishni amalda butunlay to‘xtatayotganini ochiqchasiga ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, endilikda shtatlardan boshpana izlash mutlaqo samarasiz jarayonga aylanadi.

Sud muhokamasiga Vaqtinchalik himoyalangan maqom (Temporary Protected Status — TPS) dasturini bekor qilish masalasi sabab bo‘ldi. Ushbu maxsus maqom AQSH Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) tomonidan vatanida quyidagi og‘ir omillar mavjud bo‘lgan xorijliklarga berib kelinar edi:

  • Keng ko‘lamli harbiy harakatlar va fuqarolar urushi;

  • Siyosiy inqirozlar va jinoiy guruhlarning nazoratsiz harakatlari;

  • Vayronkor tabiiy ofatlar va gumanitar halokatlar.

Gaiti va Suriya muhojirlarining himoyadan mahrum etilishi AQSH davlat idoralari o‘rtasidagi jiddiy ziddiyatni yuzaga chiqardi. Gap shundaki, AQSH Davlat departamenti hozirgi vaqtda ham Gaiti va Suriyani eng xavfli mamlakatlar ro‘yxatida saqlab turibdi hamda u yerlardagi terrorizm, zo‘ravonlik va odam o‘g‘irlash holatlari tufayli o‘z fuqarolariga ushbu o‘lkalarga bormaslikni qat’iy tayinlamoqda. Biroq, Tramp ma’muriyati ushbu xavflarga qaramay, migrantlarni ortga qaytarish xavfsiz deb hisoblamoqda.

Oliy sudning ushbu qarori Oq uyning migratsiya oqimini jilovlash va mamlakat ichidagi noqonuniy hamda gumanitar statusga ega xorijliklarni qisqartirish bo‘yicha global rejasining bir qismidir. Tramp jamoasi bu orqali ichki mehnat bozorini himoya qilish va ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishni maqsad qilgan.

Bu ushbu ma’muriyatning birinchi bunday g‘alabasi emas. Esatib o‘tamiz, 2025-yilda ham AQSH Oliy sudi Tramp ma’muriyatiga iqtisodiy inqiroz girdobida qolgan 300 mingdan ortiq venesuelalik muhojirlarni TPS himoya maqomidan mahrum etishga ruxsat bergan edi. Ekspertlarning fikricha, Gaiti va Suriya bo‘yicha qabul qilingan ushbu yakuniy qaror yaqin oylarda AQSHdagi boshqa beqaror davlatlardan kelgan qochqinlarni ham ommaviy deportatsiya qilish uchun huquqiy andoza vazifasini o‘tab beradi.