So‘nggi:
Bektimir tumanida yetti soat davomida elektr ta’minoti uziladiJamiyatJanubiy Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsiya: sobiq DXX xodimlariga 16 yilgacha qamoq jazosi berildiDunyoPedagog farzandlari uchun kontrakt chegirmasi: 30 foizlik imtiyoz qanday olinadiJamiyatRossiyada yuz bergan ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, o‘zbek haydovchisi 9 yilga qamaldiJamiyatToshkentda yo‘l-transport inspektorini urib o‘ldirgan o‘smir 2 yil 4 oyga qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatToshkent sirkini to‘liq «qayta ishga tushirish»mo‘ljallanmoqda: biznes, 2500 o‘rinli maydon va katta rekonstruksiyaJamiyatElektr avtomobillari O‘zbekiston avtomobil bozorini zabt etmoqda: savdo 40% ga o‘sdi, import esa 2,6 barobar ko‘paydiJamiyatToshkentning yangi aeroport qurilish zonasida yetti qabriston ko‘chiriladiJamiyatVafot etdi Yodg‘ora Ziyamuhamedova — afsonaviy «Oymomo» «Oqshom ertaklari»dan, ustida avlodlar tarbiyalangan bolalar ulg‘ayganJamiyatToshkentning bir qismi kechasi elektrsiz qoladi: elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida 14 mahallada uziladiJamiyat

Bodomzor chorrahasida KIA bilan to‘qnashgan Lacetti bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Bodomzor chorrahasida KIA bilan to‘qnashgan Lacetti bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Toshkentning Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida Lacetti va KIA K5 ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida qurbonlar borligi aytilmoqda.

Mazkur halokat aks etgan videokuzatuv kamerasi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida katta rezonans keltirib chiqardi.

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avariya joriy yilning 30-iyun kuni soat 05:10 larda Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli transport vositasi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan yuqori tezlikda kelgan KIA K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Shiddatli zarb oqibatida Lacetti avtomobili o‘rtasidan uzilib, parchalnib ketgan.

Norasmiy manbalar va ijtimoiy tarmoq faollarining xabar berishicha, ushbu dahshatli hodisa oqibatida bir nafar ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, guvohlar mashina salonida bo‘lgan 4 yoshli bola va bir nafar keksa yoshli ayol og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga olib ketilganini yozmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv va tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari haydovchilarni yo‘llarda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirgan.