Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi chet tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zbekcha muqobillari ro‘yxatini e’lon qildi. Yangi me’yorlarga ko‘ra, rasmiy muomalaga „Xosnom“, „So‘ngmuddat“ va „Qo‘noquy“ kabi atamalar kiritilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, jami 41 ta xorijiy terminning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi.
Yangi qoidalarga muvofiq, qonunchilik hujjatlarida, rasmiy ish yuritishda hamda ommaviy axborot vositalarida chet tilidan kirib kelgan so‘zlar o‘rniga ularning o‘zbekcha variantlaridan foydalaniladi. Xususan, raqamli texnologiyalar va internet sohasidagi „brend“ so‘zi „Xosnom“, „dedlayn“ — „So‘ngmuddat“, „emoji“ — „Hisbelgi“ hamda „xeshteg“ — „Kalitso‘z“ shaklida qo‘llaniladi. Shuningdek, kundalik hayotda faol ishlatiladigan „frilanser“ o‘rniga „Erkin ishchi“, „xostel“ o‘rniga esa „Qo‘noquy“ atamalari rasmiy muomalaga kiritildi.
| T/r |
Chet tillarga oid so‘z va atamalar |
Rasmiy muomalaga kiritilayotgan shakli |
|---|---|---|
| 1 | Аккомпанемент | Jo‘rnavoz |
| 2 | Антракт | Tanaffus |
| 3 | Арьерсцена | Sahnaorti |
| 4 | АСКУЭ | EHNAT (Energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi) |
| 5 | Банкет | Ziyofat |
| 6 | Башмак | Boshmoq |
| 7 | БГС (Барабанные грануляторы-сушилки) | DQU (Donalab quritish uskunasi) |
| 8 | БПЛА (Беспилотный летательный аппарат) | UHA (Uchuvchisiz havo apparati) |
| 9 | Брекеты | Tishsim |
| 10 | Бренд | Xosnom |
| 11 | Вебинар | Vebyig‘in |
| 12 | Датчик | Sezgich |
| 13 | Дедлайн | So‘ngmuddat |
| 14 | Декорация | Sahnabezak |
| 15 | ДПО (Дробильно-помольное отделение) | MYB (Maydalash-yanchish bo‘linmasi) |
| 16 | ЕЭС (Единая электрическая система) | YET (Yagona elektr tizimi) |
| 17 | Инвентаризация | Xatlov |
| 18 | Интерактив | Interfaol |
| 19 | КВФ (Карусельный вакуумный фильтр) | AVF (Aylanma vakuum filtri) |
| 20 | Комментарий | Izoh |
| 21 | Миксер | Qorg‘ich |
| 22 | ЛВФ (Ленточный вакуумный фильтр) | TVF (Tasmali vakuum filtri) |
| 23 | Палатка | Chodir |
| 24 | Негатив | Salbiy |
| 25 | Пенопласт | Po‘kak |
| 26 | Пеноблок | Po‘kak g‘isht |
| 27 | Полигон ТБО | QMCh maydoni (Qattiq maishiy chiqindilar maydoni) |
| 28 | Пробел | Bo‘shliq |
| 29 | Раковина | Chanoq |
| 30 | Распродажа | Arzonsotuv |
| 31 | Рубильник | Uzgich |
| 32 | Симптом | Belgi, alomat |
| 33 | СБ (Сушилка барабанная) | BQ (Barabanli quritkich) |
| 34 | Суфлёр | Shivirchi |
| 35 | Тренинг | Mashg‘ulot |
| 36 | Фитосанитария | Fitohimoya |
| 37 | Фрилансер | Erkin ishchi |
| 38 | Эможи | Hisbelgi |
| 39 | Хештег | Kalitso‘z |
| 40 | Шпалер | Tokustun |
| 41 | Хостел | Qo‘noquy |