So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkentda ikki yillik rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ochildi

Toshkentda ikki yillik rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ochildi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ikki yillik keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi. Muzeyning 150 yilligi munosabati bilan 24-26-iyul kunlari kirish bepul bo‘ladi.

Toshkent shahrida mamlakatimiz hamda Butun Markaziy Osiyoning eng qadimiy ilmiy-madaniy markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ikki yillik keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlaridan so‘ng qayta o‘z eshiklarini ochdi. Muzey faoliyatining tiklanishi qutlug‘ sana — 1876-yilda tashkil etilgan ushbu dargohning 150 yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi.

Muzey fondida 350 mingdan ortiq nodir eksponatlar saqlanib kelinayotgan bo‘lib, ular zaminimizning ko‘p ming yillik boy tarixini aks ettiradi. Ta’mirlash jarayonida ko‘rgazma zallari to‘liq zamonaviylashtirildi: yangilangan ekspozitsiya tashrif buyuruvchilarni ilg‘or muzey yechimlari va texnologiyalari yordamida tarixiy meros bilan tanishtiradi.

Muzeyning ochilishi va yubiley sana munosabati bilan Ochiq eshiklar kunlari e’lon qilindi. 24-iyuldan 26-iyulga qadar O‘zbekistonning barcha fuqarolari muzey ekspozitsiyalarini mutlaqo bepul tomosha qilishlari mumkin.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yil 12-iyulda Toshkent muzeyi sifatida tashkil etilgan. Muzeyning eng mashhur va qimmatbaho eksponatlari qatoriga Fayoztepadan topilgan I–III asrlarga oid Buddaviylik triadasi, tosh davriga oid «Farg‘ona odami» qoldiqlari, qadimiy bronza qozonlar, Kushonlar, Qoraxoniylar va Temuriylar sulolalarining tangalar kolleksiyasi hamda nodir qo‘lyozmalar kiradi. Muzeyning 1970-yilda modernizm uslubida bunyod etilgan binosi poytaxtning o‘ziga xos me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi.