Ombudsman ko‘magi bilan Uchtepa tuman sudi Telegram-yozişmani raqamli dalil deb topdi va ekskavatorchi foydasiga ish beruvchidan 59,3 mln so‘mlik ish haqi va ma’naviy zararni undirib berdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ko‘magi bilan fuqaro foydasiga ish beruvchidan 59,3 million so‘mlik ish haqi qarzdorligi va ma’naviy zarar kompensatsiyasi undirildi. Ushbu sud amaliyotining e’tiborli jihati shundaki, Telegram-yozişmasi qarzdorlikni isbotlovchi asosiy dalil sifatida tan olindi.
Moiajaroga xususiy korxonada ekskavatorchi bo‘lib ishlagan fuqaroning murojaati sabab bo‘lgan. U 2024-yil oktyabridan 2025-yil mayiga qadar ishlagan bo‘lishiga qaramay, mehnat shartnomasi bekor qilinganda 5 oylik maoshi hamda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani ololmagan. Fuqaroda ish beruvchining qarzdorligini tasdiqlovchi rasmiy qog‘oz hujjatlar bo‘lmagan.
Ombudsman xodimlari fuqaroning korxona buxgalteriyasi bilan Telegram messenjerida ish haqi masalasida olib borgan yozişmalarini o‘rganib chiqdi. Fuqarolik protsessual qonunchiligidagi elektron ma’lumotlarni raqamli dalil deb topish normalariga tayanib, ushbu yozişmalar da’vo arizasiga ilova qilindi.
Ombudsman fuqaro manfaatlarini ko‘zlab Uchtepa tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga da’vo kiritdi. Sud ishni ko‘rib chiqib, Telegram-yozişmani rasmiy dalil deb topdi va da’vo talablarini to‘liq qondirdi.
Sud qaroriga ko‘ra, korxonadan fuqaro foydasiga 54,3 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar ile 5 mln so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi. Umumiy undiruv summasi 59,3 mln so‘mni tashkil etdi. ARIZA beruvchining iltimosiga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlar va korxona nomi ochiqlanmadi.