O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi ehtimoli sababli yurtdoshlarimizga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi hamda xavfsizlik tavsiyalarini berdi.
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat keskinlashishi ehtimoli mavjudligi munosabati bilan, diplomatik vakolatxona barcha yurtdoshlarimizni hushyorlikka chaqirib, shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni so‘radi.
Fuqarolarga quyidagi qat’iy tavsiyalar berildi:
-
Isroil davlat organlari va Fuqaro front orti qo‘mondonligi (Home Front Command) ko‘rsatmalariga amal qilish;
-
Yashash yoki ish joyiga yaqin bo‘lgan boshpana (bomba panahanasi) joylashuvini oldindan aniqlab qo‘yish;
-
Harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, rasmiy cheklovlarni inobatga olish;
-
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo olib yurish va yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish.
«Iltimos, xotirjamlikni saqlang, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmang hamda faqat rasmiy manbalar axborotiga tayaning. Elchixona vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda», — deyiladi xabarda.
Zarurat tug‘ilganda elchixona bilan bog‘lanish uchun raqamlar:
03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076.
Favqulodda va shoshilinch holatlar uchun ishonch telefoni: +972 54 485 1397.
Eslatib o‘tamiz, elchixona avvalroq, 16-iyun kuni ham fuqarolarga murojaat qilib, mamlakatga kirish va chiqishda bojxona qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan edi.