Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda litsenziyalash tizimidagi islohotlarni e’lon qildi. 30 dan ortiq ruxsatnoma bekor qilinadi, 35 ta hujjatni rasmiylashtirish muddati qisqartiriladi va yagona «sog‘liqni saqlash sertifikati» joriy etiladi.
Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda prezident Shavkat Mirziyoyev biznesga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik bilan bog‘liq funksiyalarning 50 foizi uchun «suzish — rozi bo‘lish» (sukunat — rozilik belgisi) tamoyili joriy etiladi. Ya’ni, ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomattik ravishda ariza beruvchi foydasiga hal qilingan deb hisoblanadi.
Tadbirkorlarning litsenziya olish uchun bergan arizalari rad etilgan har bir holat Biznes-ombudsman idorasi tomonidan atroflicha o‘rganiladi hamda asoslantirilmagan rad etishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Qisqartirishlar va eksperiment tartibi
Yaqin orada 30 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi, yana 10 tasi xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi. Shuningdek, 35 turdagi ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish muddati 2-3 baravarga qisqartiriladi.
Yangi litsenziya va ruxsatnomalar butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishidan oldin 6 oygacha bo‘lgan muddatda uchta hududda eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkaziladi.
Eksportdagi yengilliklar va mol-mulk daxlsizligi
Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishda alohida veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalari o‘rniga yagona «sog‘liqni saqlash sertifikati» (health certificate) berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat rahbari ijro hujjatlari bo‘yicha tadbirkorlarning mol-mulkiga taqiq va xatlov qo‘yish bilan bog‘liq e’tirozlar ko‘pligini ta’kidlab, ushbu masalaga tizimli yechim topish bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazishni topshirdi.