O‘zbekistonda British Council orqali IELTS topshirish narxi 2 798 000 so‘mgaha ko‘tarildi. Ilgari ushbu xalqaro imtihon uchun to‘lov 2,6 mln so‘mni tashkil etar edi.
O‘zbekistonda British Council (Britaniya Kengashi) orqali xalqaro IELTS test topshirish qiymati oshirildi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, akademik va umumiy yo‘nalishdagi barcha standart test turlari uchun narxlar yangilandi.
Ilgari IELTS imtihonini topshirish narxi 2 600 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yangilangan tariflarga muvofiq, imtihon to‘lovi 2 798 000 so‘mgacha ko‘tarildi.
Qog‘oz shaklida va kompyuter orqali topshiriladigan standart IELTS Academic hamda General Training modullari uchun rasmiy narx 2 798 000 so‘m etib belgilandi.
Buyuk Britaniyaga vizalar va immigratsiya uchun mo‘ljallangan IELTS for UKVI hamda IELTS Life Skills testlari narxlarida ham tegishli qayta ko‘rib chiqishlar amalga oshirilgan.
Narxlarning oshishi xalqaro imtihonlarni tashkillashtirish va ma’muriylashtirish xarajatlari hamda valyuta kurslarining o‘zgarishi bilan bog‘lanmoqda.