2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 920,4 mln dollarlik 66 mingga yaqin avtomobil olib kirildi. Asosiy ulush Xitoy elektromobillariga to‘g‘ri keldi.
2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston dunyoning 29 ta mamlakatidan umumiy qiymati 920,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 65 876 ta yengil avtomobil import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot e’lon qildi.
Olib kirilgan mashinalarning asosiy qismini ekologik transport tashkil etdi: yetti oy ichida mamlakatga 46 749 ta elektromobil hamda 8 077 ta gibrid avtomobil keltirildi. An’anaviy benzin dvigatelli avtomobillar soni 10 987 tani, boshqa turdagi yengil mashinalar esa 63 tani tashkil etdi.
O‘zbekiston avtomobil bozoriga eksport qilish bo‘yicha Xitoy mutloq yetakchilikni saqlab qolmoqda — ushbu mamlakatdan 63 039 ta avtomobil olib kirilgan. Keyingi o‘rinlarni sezilarli farq bilan AQSH (765 ta), Janubiy Koreya (737 ta) va Yaponiya (345 ta) egalladi. Boshqa davlatlar hissasiga jami 990 ta avtomobil to‘g‘ri keldi.