Toshkentda trotuardagi noqonuniy parkovka sabab mojaro kelib chiqdi. Qoidabuzar hayovchi xatolini tan olmadi, biroq profilaktika inspektori uni 880 ming so‘mga jarimaga tortdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida piyodalar yo‘lakchasini to‘sib qo‘ygan avtomobillar sabab kelib chiqqan navbatdagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan ayol trotuarni to‘liq egallagan mashinalarni tasvirga olib, maktabdan qaytayotgan bolalar va piyodalar majburan qatnov qismiga chiqayotganiga e’tiroz bildirdi. Biroq hayovchi ayol mashinasini olib qochishdan bosh tortib, trotuarda «soniya ushlab turish mumkin»ligini ta’kidladi.
Piyodaning qoidabuzarga uyatda qolishini aytgan e’tiroziga hayovchi ayol kutilmagan tarzda javob qaytardi: «Manga? Manga uyat bo‘lmaydi. Men o‘zimning Toshkentimda yashayman. Okey. Sen o‘zing kelgan joyingda buyruq berasan», — deya ta’kidladi u. Shundan so‘ng vaziyatga guvoh bo‘lgan ayol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, profilaktika inspektorini chaqirdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, trotuarga avtomobilini noqonuniy qo‘ygan ikki nafar hayovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Qoidabuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (880 ming so‘m) miqdorida jarima solindi. Ushbu holat jamiyatda piyodalarga bo‘lgan hurmatsizlik va shahar hududini shaxsiy mulk deb bilish muammosini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.