So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy zarbalarni tiklash ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda

AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy zarbalarni tiklash ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda

Diplomatik aloqalar boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng, AQSH va Isroil Eronga qayta harbiy zarba berish rejalarini tayyorlamoqda. Mintaqada keskinlik kuchaygan.

The New York Times nashrining o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Vashington ma’muriyati diplomatik muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Tehron ob’ektlariga havo hujumlarini qayta boshlash rejalarini tayyorlamoqda. Oq uy maslahatchilari vaziyat keskinlashgan taqdirda keng ko‘lamli bombardimonlarni o‘z ichiga oluvchi harbiy variantlarni ishlab chiqqan bo‘lsada, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Shu bilan birga, bir qator xalqaro vositachilar Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va har ikki tomon uchun maqbul kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. AQSH rahbariyati Eronning so‘nggi tinchlik takliflarini mamlakat manfaatlariga mos kelmasligi sababli rad etgan.

Mavjud harbiy rejalar Eronning mudofaa infratuzilmasiga kuchli zarbalar berishdan tortib, maxsus kuchlar yordamida uning yerosti yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishgacha bo‘lgan bir nechta variantni o‘z ichiga oladi. Hozirda mintaqaga o‘n minglab amerikalik askarlar, aviatashuvchi guruhlar va jangovar aviatsiya joylashtirilgan. O‘z navbatida, Eron tomoni har qanday yangi hujumga keskin javob qaytarishini bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28-fevralida boshlangan qurolli to‘qnashuvlar doirasida tomonlar o‘zaro raketa hujumlarini amalga oshirgan edi. Aprel oyi boshida erishilgan va muddatsiz uzaytirilgan sulh hamda Pokistondagi vositachilik muzokaralari hech qanday natija bermadi. AQSH tomonidan Eron portlarini blokada qilish va Tehronning bunga javoban Hormuz bo‘g‘ozini yopish qarori esa global energetik inqirozni yuzaga keltirdi.