So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

Davlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladi

Davlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladi

Prezident korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mustaqilligini oshiruvchi qonunni imzoladi. Endi komplayens xodimlari rahbarlarning qonunbuzarliklari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquq-tartibot idoralariga xabar bera oladi.

Ushbu yangi normalar davlat tuzilmalarida korrupsiyaning oldini olishda komplayens-xizmatlarining rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hujjatga muvofiq, komplayens-tuzilmalar xodimlari o‘z tashkilotlariga qarashli ob’yektlarga moneliksiz kirish, zarur ma’lumotlarni olish hamda aniqlangan korrupsion qonunbuzarliklar bo‘yicha taqdimnomalar kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, agar tashkilot rahbarining xatti-harakatlarida korrupsiya alomatlari aniqlansa yoki uning jinoiy guruhga aloqadorligi bo‘yicha shubhalar paydo bo‘lsa, komplayens bo‘yicha o‘rinbosar yuqori turuvchi komplayens-xizmati bilan kelishgan holda tegishli materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquq-tartibot idoralariga topshirishi mumkin. Qonun bilan aksilkorrupsiya xodimlarining o‘zi uchun ham qo‘shimcha kafolatlar ko‘zda tutilgan. Xususan, endilikda ularga nisbatan jinoiy ish faqatgina Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.