So‘nggi:
Toshkentning qator hududlarida bugun tunda issiq suv harorati vaqtincha pasayadiJamiyatYoqilg‘i inqirozi xavfi: Qirg‘iziston O‘zbekiston va qo‘shnilardan zudlik bilan yordam so‘radiSiyosatBodomzor chorrahasida KIA bilan to‘qnashgan Lacetti bo‘laklarga bo‘linib ketdiJamiyatBMT 2027–2036-yillarni kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlash o‘n yilligi deb e’lon qildiDunyoUmarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiJamiyatBanklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdiIqtisodiyotYTHda haydovchilarga pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdorning sug‘urtasidan olishga ruxsat berildiJamiyatFabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdiSportO‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2026 o‘yinida DR Kongoga imkoniyatni boy berdiSportAfg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyat

Yoqilg‘i inqirozi xavfi: Qirg‘iziston O‘zbekiston va qo‘shnilardan zudlik bilan yordam so‘radi

Yoqilg‘i inqirozi xavfi: Qirg‘iziston O‘zbekiston va qo‘shnilardan zudlik bilan yordam so‘radi

Benzin importi 20 foizga kamaygani sababli Bishkek O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan zudlik bilan yordam so‘radi. Mamlakat bozori 99 foizga Rossiyaga bog‘lanib qolgan.

Qirg‘iziston hukumati neft mahsulotlarining barqaror yetkazib berilishini ta’minlash va bozordagi keskinlikni yumshatish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa hamkor davlatlarga zudlik bilan rasmiy so‘rovlar yubordi. Mamlakat Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, ichki bozor jahon miqyosida neft narxining ko‘tarilishi, geosiyosiy keskinlik hamda logistika zanjiridagi doimiy uzilishlar tufayli kuchli bosim ostida qolgan.

Rasmiy statistika ko‘rsatkichlariga ko‘ra, dastlabki to‘rt oy ichida Qirg‘izistonga avtobenzin olib kirish hajmi birdaniga 20 foizga qulab, 270,5 million litrgacha kamaygan. Vaziyatning xavfliligi shundaki, Qirg‘iziston yoqilg‘i bozori deyarli to‘liq birgina manbaga bog‘langan — importning qariyb 98,5 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Rossiyaning o‘zida ham yoqilg‘i ta’minotida muammolar paydo bo‘layotgan bir paytda, Bishkek yirik taqchillikning oldini olish uchun Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari orqali yangi ta’minot yo‘llarini izlashga majbur bo‘lmoqda.