So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

Markaziy bank o‘zbekistonliklarga chet el kompaniyalari aksiyalarini sotib olishga ruxsat berdi

Markaziy bank o‘zbekistonliklarga chet el kompaniyalari aksiyalarini sotib olishga ruxsat berdi

2026-yil 17-sentabrdan boshlab kapitalni investitsiya uchun olib chiqish liberallashtiriladi. Fuqarolar uchun yillik limit $10 ming, yuridik shaxslar uchun esa $200 minggacha etib belgilandi.

Regulyator boshqaruvining 2-iyunda qabul qilingan va 15-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qaroriga muvofiq, 2026-yilning 17-sentabridan boshlab respublika rezidentlari oldindan maxsus ruxsatnoma olmasdan investitsiya maqsadlarida chet elga pul mablag‘larini olib chiqishlari mumkin bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar uchun xorijda investitsiya faoliyatini amalga oshirish limiti bir kalendar yili davomida ekvivalentda 10 000 AQSH dollarigacha miqdorda belgilandi. Fuqarolar ortiqcha byurokratiyasiz chet el kompaniyalari aksiyalarini sotib olishlari yoki xorijiy firmalar ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etishlari mumkin.

Shu bilan birga, prezidentning 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli farmoniga ko‘ra, mamlakat tashqarisidagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini to‘ldirish faqat litsenziyaga ega bo‘lgan mahalliy investitsiya vositachilari orqali amalga oshirilishi shart.

Yengilliklar yuridik shaxslarga ham taalluqlidir. Bir kalendar yili davomida davlat ulushi bo‘lmagan kompaniyalar chet elda biznes, filiallar, savdo uylarini tashkil etish yoki ulushlar sotib olish uchun $200 000 gacha, davlat ishtirokidagi korxonalar esa $100 000 gacha mablag‘ yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, xususiy sektor amaldagi xorijiy filiallarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yiliga $100 000 gacha, davlat kompaniyalari esa $50 000 gacha pul o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Barcha investorlar har chorakda o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga hisobot berishlari shart, aks holda ularning keyingi tranzaksiyalari bloklanadi.