So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdi

Farg‘onaning Cho‘ngara va Tosh-Tepa qishloqlari Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi. O‘zbekiston esa evaziga yangi avtoyo‘l qurilishi uchun 236 gektar yer maydoni oldi.

Kelishuvga ko‘ra, Cho‘ngara va Tosh-Tepa (Tash-Tobo) aholi punktlari rasman Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi.

Ilgari ushbu qishloqlar O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati tarkibiga kirgan. Alagozovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi qariyb 2,5 ming aholi etnik qirg‘izlar bo‘lib, endilikda ular Qirg‘iziston fuqaroligini olishadi. O‘zbekiston tomoniga esa evaziga chegara zonasidan maydoni jihatidan teng bo‘lgan yer uchastkalari topshirildi.

Bundan tashqari, Soy qishlog‘idan Tayan qishlog‘igacha bo‘lgan avtomobil yo‘li qurilishi uchun umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng qiymatli yer maydonlari almashildi. Ushbu yangi yo‘l Batken viloyati aholisining Aydarkendan Batken shahrigacha bo‘lgan masofasini 225 kilometrdan 55 kilometrgacha qisqartiradi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari chegara uchastkalari bo‘yicha shartnomani 2022-yil noyabr oyida imzolagan edi, 2023-yil yanvarida esa prezidentlar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashishgan.